Armaniston va Gruziya 2029 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish uchun ariza beradi
Armaniston va Gruziya 2029 yilgi FIFA yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza taqdim etadi, deb xabar bermoqda Gruziya futbol federasiyasi.
Manbaga ko‘ra, Gruziya futbol federasiyasi prezidenti Levan Kobiashvili mamlakat bunday nufuzli tadbirlarni o‘tkazishda katta tajribaga ega ekanligini ta’kidlagan.
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati so‘nggi bor 2023 yilda Argentinada bo‘lib o‘tdi. Finalda Italiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan Urugvay terma jamoasi turnir g‘olibi bo‘ldi. Isroil jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
JCH—2025 Chilida bo‘lib o‘tadi. Mamlakat ushbu turnirga ikkinchi bor mezbonlik qiladi. Birinchi marta Chili yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini 1987 yilda o‘tkazgan va unda Yugoslaviya terma jamoasi g‘alaba qozongan. Germaniya terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan.
Manba: www.daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/