Spalletti: «Bu meni optimist yoki pessimist qiladigan o‘yin emas»

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Turkiya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida gapirdi.

«Men shunday o‘yinni kutgandim. Biz borimizni berdik va shuning uchun charchadik. Biroq, men maydonning raqib yarmida yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimizni kutgandim. Agar buni qilmasangiz, ishlar yanada qiyinlashadi. Bu o‘yin bizning keyingi taraqqiyotimiz uchun foydali bo‘ldi», – deydi Spaletti.

Bir kun avval, 4 iyun kuni Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter