Desham Mbappening holati haqida gapirdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening yomon sport formasi haqida fikr bildirdi.

«Mbappega kelsak, u yaxshi formada deb o‘ylamaysizmi? U mavsum davomida atigi 44 ta gol urdi, biroq u ko‘proq ish qilishi ham mumkin edi, lekin bu ham yaxshi.

U Fransiya kubogi finalida o‘ynadi va faol bo‘ldi. Boshqalar oldinroq o‘ynashni to‘xtatdilar yoki o‘z klublarida o‘ynamadilar. Lekin rostini aytsam, men sehrgar emasman. Siz bor vaqt ichida hech narsani o‘zgartira olmaysiz», – deya Deshamning so‘zlarini keltiradi AS.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter