Konseysau «Milan»dan jiddiy taklif kutmoqda

Serxio Konseysau «Portu»ni yozda «Milan»ga almashtirishni xohlaydi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Konseysau bugun «Portu»ning yangi prezidenti Andre Villash-Boash bilan uchrashib, hamkorlikni davom ettirish istagini aniqlaydi.

Avvalroq, Portugaliya klubi Boash saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng, murabbiy bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Manbaga ko‘ra, Konseysauni «Milan»da ishlash imkoniyati o‘ziga tortmoqda va u «rossonerilar» tez orada taklif bilan chiqishlariga umid qilmoqda.

U «Milan»ning keyingi murabbiyi bo‘lish uchun katta imkoniyatga ega ekanligiga ishonadi va «Portu»ni uni qo‘yib yuborishga ishontirishga harakat qiladi.

Konseysauning agenti Xorxe Mendesh allaqachon bu borada ishlamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter