Luis Enrike Mbappening kelajagi haqidagi savolga javob berdi
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvida «Barselona»ni mag‘lub etganidan so‘ng jamoaning yulduzi Kilian Mbappe haqida gapirdi. Parijliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi va 25 yoshli hujumchi dubl qayd etdi.
«Biz Mbappening o‘zi kelajagini e’lon qilguncha kutishimiz kerak. U tashqariga chiqib, omma oldida gapirmagunicha, men o‘tiraman va jim qolaman», – deydi ispaniyalik mutaxassis.
Avvalroq Mbappe mavsum yakunida Parij klubini tark etishi haqida xabar berilgandi. Hujumchi «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/