«PSJ» «MYU» hujumchisini jiddiy kuzatmoqda

«PSJ» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Parijliklar Markusni jiddiy kuzatib borishmoqda. Transfer yozda amalga oshishi mumkin.

«PSJ» angliyalik hujumchi uchun 75 million funt to‘lashga tayyor, deb yozadi Mirror nashri.

Futbolchining o‘zi ketish niyatida emas. U «Manchester Yunayted»da qolish niyatida. Ikki yil oldin u klub bilan shartnomasini uzaytirgandi. Shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Forvard joriy mavsumda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter