Hakam «Bavariya»ga qarshi o‘yinda «Mayns» futbolchisining hayotini saqlab qoldi

Bosh hakam Patrik Ittrix «Mayns» futbolchisi Jozua Gilavogiga yordam berdi.

Bosh hakam Patrik Ittrix «Bavariya»ga qarshi o‘yinda Jozua Gilavoganing tomog‘idan tilini tortib oldi va «Mayns» yarim himoyachisining hayotini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin.

Gilavogi 33-daqiqada jamoadoshi Antoni Kassi bilan to‘qnashib ketdi va boshiga tizzasi tegdi. Shundan so‘ng fransuz futbolchisi maydonda qimirlamay yotib qoldi. Hakam futbolchini to‘g‘ri holatga keltirdi va tilini tomog‘idan chiqarib oldi.

«Agar kimdir shunday yotgan bo‘lsa, siz tezda harakat qilishingiz kerak. Men shunga o‘xshash vaziyatlarni ko‘p ko‘rganman. Til bo‘g‘izda edi, uni chiqarganingda yana nafas olasan» – deb tushuntirdi Ittrix o‘yindan keyin.

Polisiyachi bo‘lib ishlayotgan 45 yoshli Ittrix «Mayns» futbolchilarining minnatdorchiligiga sazovor bo‘ldi.

«Nadim Amiri vaziyat xavfli ekanligini tushunib, darhol meni quchoqladi», dedi Ittrix.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter