Ouen Xabi Alonso uchun xavfsiz jamoa qaysi ekanligini aytdi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen Leverkuzenning «Bayer» klubining bosh murabbiyi Xabi Alonsoning bo‘lajak klubi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga «Bavariya» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Xabi uchun, menimcha, «Bavariya» xavfsiz variant bo‘lardi. Jamoa albatta sovrinlarni yutish uchun qaytadi. Agar Myunxenni tanlasa, Alonsoning ambisiyalari yanada oshadi.

“Liverpul” – xavfliroq tanlov. Kloppdan keyin ishlash qiyin bo‘ladi. Jamoa Alonsoga yoqqan uslubda o‘ynamayapti. Unga futbolchilarni qayta tiklash oson bo‘lmaydi. Agar u buni uddasidan chiqsa, o‘zini zo‘r murabbiy ekanligini isbotlay oladi», – deya Mayklning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Joriy mavsumda Alonso boshchiligidagi «Bayer» ishonchli tarzda Bundesliga chempionligi sari harakat qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter