Aspilikuetaning «Atletiko»dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Himoyachi Sesar Aspilikueta “Atletiko”da qoladi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgan. 2025 yilning o‘rtalarigacha, ya’ni yana bir mavsum uchun hisoblab chiqiladi.

Aspilikueta o‘tgan yozda “Chelsi”dagi o‘n bir mavsumdan so‘ng “Atletiko”ga o‘tgan edi. O‘shandan beri tajribali himoyachi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Atletiko» ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Diyego Simeone shogirdlari navbatdagi o‘yinini 9 mart, shanba kuni “Kadis”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter