«Yuventus» Allegri bo‘yicha bir qarorga keldi

«Yuventus»da mavsum yakunlanganidan so‘ng murabbiylar o‘zgarishi mumkin.

Turin klubining sport direktori Kristian Juntoli mavsum yakunida Massimiliano Allegri bilan hamkorlikni tugatish niyatida, deb xabar beradi mashhur jurnalist Santi Auna.

Manbaga ko‘ra, «keksa sinyora» rahbariyati ham Tiago Mottani ustuvor maqsad sifatida belgilagan. «Bolonya»ning amaldagi bosh murabbiyi «Yuventus» bilan muzokara o‘tkazishga tayyor, biroq ayni damda bor e’tiborini ishga qaratgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter