«Bavariya»da murabbiylik uchun qat’iy nomzod bor

«Brayton» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi yozda «Bavariya»ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» direktorlar kengashining yangi a’zosi Maks Eberl de Zerbining ishini yuqori baholaydi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, italiyalik mutaxassis endi Tomas Tuxel o‘rniga «Bavariya»ning nomzodlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Bavariya»ning ustuvor varianti Leverkuzenning «Bayer» klubi ustozi Xabi Alonsodir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter