Qilichbozlik. Bugun Zaynab Dayibekova Jahon kubogidagi ishtirokini boshlaydi

Gresiya poytaxtida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Zaynab Dayibekova O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Hamyurtimiz jahon reytingida kuchli 16 talikdan joy olgani uchun kechagi saralash bellashuvlarini o‘tkazib yubordi. Bugun u 1/32 final bosqichidan bahslarga kirishadi. Unda yurtdoshimizga janubiy koreyalik Xayeun Xong raqiblik qiladi. Dayibekova ushbu raqib to‘sig‘idan o‘ta olsa, keyingi davrada Saossen Budiaf (Jazoir) hamda Irene Vechchi (Italiya) juftligi g‘olibiga qarshi jang qiladi.

Manba: Olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter