Merson «Chelsi»ning asosiy muammosini aytdi

Pol Merson «Chelsi»ning strategiyasini tanqid qildi.

«Chelsi qayerga ketayotgani aniq emas. Men buni bir necha oy oldin aytgandim, hozir ham aytaman: ko‘p o‘yinchilar «Chelsi»da o‘ynash uchun yetarlicha kuchga ega emas, ammo ularga sakkiz yillik shartnomalar berilgan.

Yaqinda «Chelsi» Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Klub muvaffaqiyatlari haqida odamlar 20 yil oldingidek gapirishadi.

Ular uch yil oldin Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishgan, ammo klub hali ham muxlislardan sabrli bo‘lishni so‘ramoqda.

«Chelsi»ning asosiy muammosi shundaki, Pochettino sifatsiz o‘yinchilarga to‘la «yuk mashinasi»ga ko‘p pul sarflagan klubga kelgan», – dedi Merson.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter