“Atletiko” prezidenti: «Mbappening qaysi jamoada o‘ynashi muhim emas»

Madridning “Atletiko” klubi prezidenti Enrike Sereso “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening joriy mavsum yakunida “matraschilar”ning tarixiy raqibi, poytaxtning “Real” klubi safiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ispaniya chempionatiga jamoada alohida rol o‘ynaydigan futbolchi kelayotganiga ishonaman, bu uning uchun juda yaxshi.

Uning qaysi jamoada o‘ynashi muhim emas: «Real Madrid», «Barselona» yoki «Kordoba», chunki Ispaniya chempionatining o‘zi uchun har doim Mbappe kabi o‘yinchilarning o‘ynashi juda muhim bo‘lgan», – deya Mundo’ning so‘zlarini keltiradi Sereso.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter