«Atletiko» yozda kamida bitta himoyachi sotib olmoqchi
Madridning «Atletiko» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoani kuchaytirishga harakat qiladi.
Jurnalist Matteo Moretto bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeone rahbariyatdan kamida 1 ta markaziy himoyachi sotib olinishi kerakligini aytgan. Yaqin orada u bu pozisiyaga nomzod futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqadi.
La Liga joriy mavsumida «matraschilar» hozircha 26 turdan so‘ng 52 ochko bilan 4-o‘rinda. Jamoa YECHL va Ispaniya kubogida ham ishtirokini davom ettirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/