«Torino» murabbiyi «Roma» mashg‘ulotlarida josuslik qilgani uchun qo‘lga olindi
«Torino» murabbiylar shtabi a’zosi Mikel Orekkio polisiya tomonidan qo‘lga olindi.
U «Roma»ning Trigoriyadagi bazasida jamoa mashg‘ulotlarini kuzatayotganida qo‘lga olindi.
Orekkio durbin bilan daraxtga yashiringan edi. U mashg‘ulotlarda bo‘layotgan voqealarni eshitib ham turardi.
Bugun «Roma» A Seriyaning 26-turi doirasida «Torino»ni qabul qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/