De Ron: «Milan» biz uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirdi»
Italiya chempionatining yigirma oltinchi turida “Atalanta” “Milan”dan ochko olib qo‘yish uchun ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi. Bergamo klubi yarim himoyachisi Martin de Ron bu o‘yi jamoasiga qiyin bo‘lganini yashirmadi.
«Maydonda, ayniqsa, birinchi bo‘limda kam bo‘lganimiz uchun durang bizni qoniqtirdi. Biz deyarli hech narsa yaratmadik, «Milan» bizga bosim o‘tkazdi va biz uchun qiyinchiliklar yaratdi», – deya Martin so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Keyingi turda “Atalanta” “Inter” bilan o‘ynaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/