Lyov «Bavariya»ni boshqarishni xohlamaydi
Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov joriy mavsum yakunida vatandoshi Tomas Tuxel o‘z lavozimini tark etganidan keyin «Bavariya»ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javob berdi.
«Bavariya» meni murabbiy sifatida qiziqtirmasa kerak. O‘z navbatida men ham «Bavariya»ga qiziqmaslikni afzal ko‘raman.
Men har doim Germaniyada boshqa ish haqida so‘z bo‘lmasligini aytib kelganman», — deya X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Fabrisio Romano Lyovning so‘zlarini keltirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/