Luis Suares: «Avval hech kim «Liverpul»da o‘ynashni xohlamagan»

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Luis Suares ingliz klubidagi vaqtini esladi. Urugvaylik futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha «qizillar» safida o‘ynagan, shundan so‘ng «Barselona»ga ketgan.

“Avval hech kim “Liverpul”da o‘ynashni xohlamagan. Biz Koutinyo va Starrijni oldik va bu jamoa uchun yaxshi bo‘ldi. Ammo oldin hech kim «Liverpul»ga borishni istamagan. Mening transferimdan keyin klub Chempionlar ligasiga yo‘l oldi va kutilmaganda hamma «Enfild»ga o‘tishni xohladi. O‘shanda bizda yaxshi jamoa bor edi. Biz deyarli Premyer-liga chempioni bo‘ldik», – deydi Suares.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter