Veyga: «Endrik «Real»da o‘ynashga tayyor»
«Palmeyras» yarim himoyachisi Rafaell Veyga «Real» bilan shartnoma imzolagan jamoadoshi, 17 yoshli hujumchi Endrik haqida fikr bildirdi.
«Endrik allaqachon o‘zini juda etuk futbolchi va kuchli xarakterga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bu yaxshi yigit, u har doim yangi narsalarni o‘rganishga tayyorligini ko‘rsatdi. Mantiqan to‘g‘rirog‘i, u “Real Madrid” kattaligidagi jamoaga kelganida unga moslashish davri kerak bo‘ladi. Bu odatiy. Bunday katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganda, har bir kishi moslashishi kerak.
Umid qilamanki, u imkon qadar tezroq moslashib ketadi, lekin shuni aytishim mumkinki, u futbol nuqtai nazaridan ham, sport darajasida ham tayyor», — dedi Veyga AS bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/