«Milan» Origini sotishdan qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi

«Milan» hujumchisi Divok Origi MLS klubiga o‘tishga yaqin turibdi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsumni ijara asosida o‘tkazayotgan «Nottingem Forest»da o‘zini ko‘rsata olmadi.

Sky Sport xabariga ko‘ra, milanliklar belgiyalik futbolchini avvaldan kutilganidek chaqirib oladi va keyin darhol «Los-Anjeles»ga sotadi. Amerika klubi «Liverpul»ning sobiq hujumchisini ijaraga olib, uni 5 million yevroga qaytarib olish majburiyatini oladi.

Divok Origi joriy Premyer-ligada «Nottingem Forest» uchun to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi. Futbolchining «Milan» bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter