Toshkent qilichbozlik bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi

20-21 yanvar kunlari qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlarining yangi mavsumi start oladi. Ahamiyatlisi, bellashuvlardan biri Toshkentda o‘tadi. Poytaxtimiz shpaga bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi bahslarga mezbonlik qilib, unda ishtirok etish uchun 8 davlatdan 50 nafarga yaqin sportchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Qayd etish joiz, ushbu kunlar davomida Ispaniyaning Segoviya shahri sablyachi qizlar, Bahraynning Manama shahri shpagachi yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarni qabul qiladi. Poytaxtimizdagi turnir “Paxtakor” qilichbozlik markazida tashkil etiladi.

Manba: Olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter