Lineker Mourinyo uning qo‘lidagi mukofotni olishdan bosh tortganini esladi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker taniqli murabbiy Joze Mourinyo bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Mourinyo aql bovar qilmaydigan shaxs edi, juda maftunkor, hazilkash va kulgili. O‘ylaymanki, futbol yillar davomida unga biroz zarba berdi. Men u bilan kichik hujjatli film suratga oldim va u doimo menga xabar yubordi. Va keyin nimadir o‘zgardi. Mendan har yili o‘tkaziladigan GQ mukofoti marosimida unga «Yil odami» mukofotini topshirishimni so‘rashdi. Men: “Albatta, qilaman”, dedim. Tadbirdan taxminan to‘rt kun oldin biz bilan bog‘lanishdi va shunday dedi: «Joze unga kubokni berishingni xohlamaydi, u futbolga aloqasi bo‘lmagan odamni xohlaydi».
“Bu biroz g‘alati ekan”, deb o‘yladim. Lekin men hali ham tadbirga bordim. Men Jozening oldiga borib: «Oramizda hammasi joyidami, Joze?» U javob berdi: «Ha, ha, ha.» Ammo unda nimadir noto‘g‘ri edi. O‘shandan beri u bilan aloqam yaxshi emas”, dedi Lineker.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/