Sane hali o‘z kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmadi
Vinger Leroy Sane «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmaslik borasida hali bir qarorga kelmagan. Bild nashrining xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi 2024 yilgi Yevropa chempionati yakuniga qadar kutib, keyin kelajagi haqida qaror qabul qilmoqchi.
Sanening amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi; mish-mishlar futbolchining Angliya chempionatiga qaytishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda. Leroy avvalroq “Manchester Siti” safida APLda o‘ynagan.
Transfermarkt portali Leroy Saneni 80 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/