Jastin Getji UFC-300 turnirida jang qiladi
UFC sobiq jangchisi Cheyl Sonnen Jastin Getji va Maks Hollouey UFC-300 da oktagonga ko‘tarilishini aytib o‘tdi.
“Keling, UFC-300ga qaraymiz. Har doim turnir davomida BMF tituli himoyasi bo‘lishi kerakligini aytardim, endi esa kamar uchun jang bo‘lishini tasdiqlashim mumkin.
Jastin Getji Maks Holloueyga qarshi. Tez orada rasmiy anons e’lon qilinadi”, — deydi Sonnen.
Eslatib o‘tamiz, UFC-300 musobaqasi 14 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Getji so‘nggi bor 29 iyul kuni Dastin Poryega qarshi jang qilgandi va ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.
Maks esa avgustda UFC Fight Night 225 turniri doirasida koreyalik Zombiga qarshi jang qilib, uchinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Manba: daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/