Echeverri: «River Pleyt» bilan shartnomani uzaytirish niyatida emasman»
«River Pleyt» hujumchisi Klaudio Echeverri 2024 yilning dekabrida tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli argentinalik futbolchini Yevropaning ko‘plab top-klublari faol kuzatib borishmoqda.
«River Pleyt» bilan shartnomamni uzaytirmayman. Yaqin 6 oy ichida jamoa uchun kurashaman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz», – dedi yosh futbolchi ESPN bilan suhbatda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» Echeverri atrofidagi vaziyatni faol kuzatmoqda. Shuningdek, hujumchiga Londonning “Chelsi” va “Manchester Siti” klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/