«Barselona»ning yana bir futbolchisi belidan operasiya qilinishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Markos Alonso belini operasiya qildirishi mumkin.

Jurnalist Xavi Migel xabariga ko‘ra, Alonsoning operasiya varianti juda real. Klub Markosning belidagi operasiya haqida qaror qabul qilishini istamoqda, chunki og‘riq hali ham davom etmoqda.

Futbolchining o‘zi hamon jarrohlik aralashuvisiz konservativ davoga rioya qilishni istamoqda. Ispaniyalik futbolchi klubdan o‘ylash uchun vaqt so‘radi.

32 yoshli ispaniyalikning «Barsa» bilan shartnomasi 2024 yil iyunda yakunlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter