Rodri: «Bunday paytlarda imkon qadar indamay ishlash kerak»

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida «Urava Red» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) o‘tmishdagi muvaffaqiyasizliklarini esladi.

«So‘nggi bir necha o‘yinlardan so‘ng bizda kiyinish xonasida yomon kayfiyat paydo bo‘ldi, shuning uchun biroz tanaffus qilib, bu yerga Jahon chempionatiga kelganimiz yaxshi bo‘ldi deb o‘ylayman. Biz ochko yo‘qotish bilan omadsizlik aralashmasini his qildik: goh raqib munosib edi, gohida esa yo‘q. Bunday paytlarda imkon qadar indamay ishlash kerak, shunda natijalar o‘z mevasini beradi», dedi Rodri jurnalistlarga.

«Manchester Siti» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida «Fluminense»ga qarshi o‘ynaydi. O‘yin 22 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter