Bonuchchi: «Yuventus»ni boshqarishga umid qilaman»

«Union Berlin» markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Turinning «Yuventus» klubida yakunlay olmaganidan xafa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, shartnoma tugashiga bir yil qolganida «keksa sinyora» himoyachidan qutulishga qaror qilgandi.

«Professional faoliyatimni «Yuventus»da yakunlamoqchi edim. Agar yaxshi murabbiy bo‘lsam, bir kun kelib «Yuventus»ni boshqarishga umid qilaman. Men bu rolda klubga qaytishni istardim», – dedi futbolchi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter