Rasman! Fabio Grosso iste’foga chiqarildi
Italiyalik mutaxassis Fabio Grosso «Lion» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda «taqachilar» matbuot xizmati xabar berdi.
46 yoshli Grosso shu yilning sentyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida “Lion” yetti uchrashuv o‘tkazib, faqat bittasida g‘alaba qozongan, ikkitasida durang o‘ynagan va to‘rtta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
12 turdan keyin “Lion” Fransiya chempionati turnir jadvalida 7 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.
2 dekabr kuni “Lion” mehmonda “Lans” bilan uchrashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/