Ten Xag Varanni Saudiyaga qo‘yib yuborish niyatida emas

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Rafael Varan Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkin.

30 yoshli futbolchining xizmatlariga portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan «An-Nasr» klubi qiziqayotgani avvalroq xabar qilingandi.

Football Insider nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Varanni o‘z jamoasida saqlab qolish niyatida va futbolchini yanvar oyida Yaqin Sharqqa qo‘yib yuborish niyatida emas.

Varan “qizil iblislar” safida 2021 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Varanning ingliz grandi bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter