Robot-hakam – kelajakdan nishona!

Diqqat, Angliya futbol assosiasiyadan navbatdagi shov-shuvli xabar:

APL o‘yinlarida yaqin orada robot-hakamlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi. Oh, futbolchilarga achinish kerak. Axir temir-hakamga na e’tiroz bildirish mumkin, na baqirish…

Xabar berilishicha, AFA bosh ijrochi-direktori Mark Bullingem rahbarligida Angliya futbolida «avtonom» robot-hakamlar xizmatini joriy etish g‘oyasini faol o‘rganib chiqmoqda. Barchasiga APL doirasidagi oxirgi uchrashuvlarda kuzatilgan yuqori darajali hakamlik xatolari seriya­si sababdir. Janob Bullingem Daily Mail nashriga bergan intervyusida bu masalada muayyan qarashga egaligini yashirmadi: «Albatta, oldin ham hakamlarning noto‘g‘ri qarorlari yuzasidan yetarlicha e’tiroz va rasmiy shikoyatlar tushgan. Endi xatolarni kamaytirish masalasida qat’iy qadam tashlash kerak. Menimcha, robot-hakamlar g‘oyasi bu borada boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Hozir texnologiya nuqtai nazaridan katta savol bor: qarorlarni tezroq qabul qilish imkoniyatini oshirish mumkinmi? Chunki o‘yin vaqti yuzaga keladigan uzoq to‘xtalishlar hech kimga yoqmaydi, baribir».

AFA bosh ijrochi-direktorining aytishicha, Angliyada hakamlikni to‘liq avtomatlashtirish g‘oyasiga qiziqish katta. «Mana, masalan, o‘yindan tashqari holatni aniqlashtirish uchun yarim avtomatik texnologiya­dan foydalanayotganimizga ancha bo‘ldi. Xo‘sh, hakamlik oxir-oqibat, butunlay avtomatlashtirilishi mumkinmi? Nega mumkin emas. Har holda, urinib ko‘rish kerak…», – deya Mark Bullingem so‘zlaridan iqtibos keltirdi Daily Mail nashri.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter