«Manchester Yunayted» o‘ng qanot himoyachisi qachon safga qaytishi aytildi
«Manchester Yunayted»ning chap qanot qanot himoyachisi Tirell Malasia tizzasini operasiya qilganidan keyin tiklanishda davom etmoqda. Jurnalist Stiven Ralistonning ma’lumotlariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi yil oxirigacha o‘z vazifasiga qaytishi kerak.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan mavsumda Malasia tizzasi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan, biroq o‘shanda «Manchester Yunayted» tibbiy shtabi futbolchini ukol bilan davolashgan. Keyinoq klub xodimlari operasiya muqarrar ekanligini tushunishdi.
24 yoshli Malasia bu mavsumda hali maydonga tushmadi. Niderlandiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan, Rotterdamning “Feyenoord” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/