Himoyadagi muammolarning «Manchester Siti» o‘yinlariga ta’siri

«Shaharliklar» APL 8-turi marzkaziy bahsida asosiy raqobatchi hisoblangan «Arsenal»ga yutqazdi (0:1) va FIFA kunlari oldidan turnir jadvalidagi yetakchiligini boy berdi. Gvardiola shogirdlari Premyer ligada ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyat alamini tortdi. Liga Kubogida esa «Nyukasl»ga mag‘lub bo‘lib turnirni erta tark etdi. Klubning samarali o‘tkazayotgan yagona turniri YECHL. Hozircha, «Srvena Zvezda» va «Leypsig» bir xil 3:1 hisobida mag‘lub etildi.

Xo‘sh, Angliyada Gvardiola jamoasiga nima bo‘lyapti? Tizim inqirozimi yoki tasodifmi?

Rodrining yo‘qligi jamoaga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi

Klub Rodri o‘ynagan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi va aksincha, u maydonga tushmagan o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Bu shunchaki tasodif emas.

Rodri – Gvardiolaning karuselidagi aylanish o‘qi, uning atrofida jamoaning qolgan qismi harakatlanadi. «Shaharliklar»ning muvaffaqiyatsizligi aynan ispaniyalikning diskvalivikasiyasi bilan boshlandi: avvaliga «Nyukasl»ga yutqazib Liga Kubogidan chiqib ketdi va «Arsenal»ga minimal hisobdagi mag‘lubiyat. Mazkur uchrashuvlar oralig‘ida YEVL doirasida «Leypsig»ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda Gvardiola jamoasi g‘alaba qozondi (3:1). O‘sha bahsda Rodri to‘liq 90 daqiqa maydonda harakatlandi.

Pepning muammosi shundaki, u Rodrisiz o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmagan. Rodri 2019 yilda Tumanli Albionga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, darhol klubning ajrarmas futbolchisiga aylandi. Himoyada ham yarim himoyada ham o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt uncha ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Gvardiolanig talablariga to‘liq mos keldi.

Premyer Ligadagi ketma-ket ikki mag‘lubiyat, «Siti» uchun bu kutilmagan holat

Gvardiola 2016 yildan beri «Siti»ni boshqarib kelmoqda va APLdagi faoliyati davomida ikkinchi marta bunday holat yuz berdi. Birinchisi, ilk mavsumda dastlab «Chelsi»ga so‘ngra, «Lester»ga imkoniyat boy berilgan.

2018/19 yilgi mavsumda ham Pep jamoasi dekabr oyida «Kristal Pelas» va «Lester»ga safar o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgandi. Ammo bu mag‘lubiyatlar turnir jadvalidagi o‘rniga ta’sir qilmagan.

Aslini olganda «Manchester Siti» 2020/21 va 2021/22 yilgi mavsumlarni bu mavsumdagidanda yomonroq boshlagan, ammo APL chempioniga aylangan.

Keyingi rejalar qanday?

Premyer Ligadagi ikki ketma-ket omadsizlikdan so‘ng ham Gvardiola shogirdlarini favoritlar safidan chiqarmaslik kerak.

Chuqurroq o‘ylab qaralganda, har ikki bahsda «Siti» yomon o‘ynamadi, vaziyatlar maksimal darajada yaratildi, ammo so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar jamoaning zarariga ishladi.

Gvardiola davrida «Arsenal»ga ilk marta mag‘lub bo‘lindi. Bungacha, 2015 yilda London klubi buni uddalagandi. O‘shanda «Arsenal» murabbiyi Venger edi.

Oldinda «shaharliklar»ni 3 qiyinroq bahslar kutib turibdi. Dastlab, APLda «Brayton», keyin YECHLda «Yang Boyz» va yana APLda derbi «Manchester Yunayted»ga qarshi.

«Hammada kamchilik bo‘ladi va biz keyingi bahslarda yetakchilar bilan yaxshiroq o‘ynab, g‘alaba qozonamiz», – dedi Gvardiola.

Manba: sportexpress

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter