Yilmaz «Beshiktosh» bosh murabbiyiga aylandi

Turkiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Burak Yilmaz “Beshiktosh” klubini vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqaradi. U shu hafta boshida ishdan bo‘shatilgan Shenol Gyunesh o‘rnini egalladi.

38 yoshli Yilmaz shu yilning iyun oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va iyul oyida “Beshiktosh” murabbiylar shtabiga yordamchi murabbiy sifatida qo‘shilgan edi.

8 turdan keyin “Beshiktosh” Turkiya chempionatida 16 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter