Militaoning tiklanish jarayoni yaxshi davom etmoqda

Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao jarohatini davolashda davom etmoqda.

AS xabariga ko‘ra, operasiyadan deyarli 2 oy o‘tgach, Militao tayoqchadan foydalanmasdan mustaqil yura boshladi. Bu xabar Madridning tibbiyot va murabbiylar shtabi tomonidan katta ishtiyoq bilan qabul qilindi.

Braziliyalik futbolchi har kuni klub bazasida ham, uyda ham mashg‘ulot o‘tkazadi. Klub himoyachining tiklanishi haqida yaxshi fikrda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter