Arteta Edegorning shartnomani uzaytirganiga munosabat bildirdi
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi va jamoa sardori Martin Edegor 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagani haqida gapirdi.
«Martin o‘zini qulay his qiladigan joy topdi. U o‘zini qadrli his qiladi va o‘z iste’dodini namoyon etadi» – dedi Arteta matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Edegor Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumida ikkita gol urishga ulgurdi. Futbolchi 2021 yilning qishidan buyon jamoada o‘ynamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/