Og‘ir atletikachi yigitlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi bo‘lishdi

Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion xarakterga ega bo‘lgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi munosib qatnashdi.

Chempionat davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Barcha medallarni yigitlarimiz keltirishdi. Bu orqali erkaklar terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikasiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng beshinchi pog‘onadan joy egalladi. Shohsupaga ko‘tarilgan atletlarimiz:

Oltin medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (ikki kurash)

Kumush medal:
-109 kg: Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)

Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, sportchi va murabbiylarimizni ushbu natija bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilab qoladi. Endi terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yo‘l oladi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter