Saka Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
«Arsenal» vingeri Bukayo Saka PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Manchester Siti» bilan so‘nggi turlargacha chempionlik uchun kurashgan Mikel Arteta jamoasida muhim rol o‘ynadi. Sakaning o‘yinini Professional Futbol Assosiasiyasi (PFA) tan oldi va uni Angliyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’lon qildi.
Bukayo Saka o‘tgan mavsumda «kanonirlar»ning Premyer-ligadagi barcha 38 o‘yinida maydonga tushib, 14 gol va 11 golga assistentlik qilgan. Yangi mavsumda ingliz futbolchisi uchta uchrashuvda raqiblar darvozasiga ikki marta to‘p kiritdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/