Ronaldu: «Jamoaga yordam berganimdan juda faxrlanaman»

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Arab chempionlar kubogi final uchrashuvida «Al-Hilol» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

38 yoshli portugaliyalikning jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. KriRo ikkita golga ham mualliflik qildi.

«Jamoaga kubokni yutishda yordam berganimdan juda faxrlanaman. Muvaffaqiyatimizga hissa qo‘shgan barchaga rahmat.

Meni doim qo‘llab-quvvatlagan oilam va do‘stlarimga rahmat. Muxlislarimiz jamoani ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. G‘alabada ularning xizmatlari katta», – dedi Ronaldu.

Krishtianu Saudiya Arabistonida 2023 yilning yanvaridan buyon o‘ynamoqda. U «An-Nasr»da mavsumiga 200 million yevro maosh oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter