De Bryuyne dushanba kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

«Manchester Siti» yangi mavsumni safarda «Byornli» ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alaba bilan boshladi.

«Shaharliklar» uchun noxush vaziyat yarim himoyachi Kevin de Bryuynening tizzasidan olgan navbatdagi jarohati bo‘ldi. Belgiyalik futbolchi birinchi bo‘lim davomida almashtirildi.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli De Bryuyne dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng jarohat qanchalik jiddiy ekanligi va futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi aniq bo‘ladi.

“Manchester Siti” navbatdagi o‘yinini 16 avgust kuni UYEFA Superkubogi doirasida “Sevilya”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter