Xoland «Arsenal» bilan o‘yinda 13 marta to‘pga tegindi

Erling Xoland «Arsenal»ga qarshi o‘yinda atigi 13 marta to‘pga tegdi.

Bu Angliya Superkubogi uchun o‘yinda qatnashgan barcha futbolchilar orasida eng yomon natija hisoblanadi.

Shu bilan birga, «Manchester Siti» forvardi raqib jarima maydonchasida to‘pni qabul qilmagan, balki 7 marta o‘z yarmida to‘pni qabul qilgan. Norvegiyalik futbolchi 64-daqiqada almashtirildi.

O‘tgan mavsumda Xoland o‘rtacha 90 daqiqada 26 ta teginishni amalga oshirgandi, ulardan yettitasi jarima maydoni ichida edi.

Shuningdek, Erling “Arsenal” darvozasiga birorta ham zarba bermadi. O‘tgan mavsumda u kamida 45 daqiqa o‘ynagan 50 ta o‘yinda bu faqat bir marta sodir bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter