12 yillik tarix yangilandi: O‘zbek dzyudochisi yana «Masters» turnirining g‘olibiga aylandi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Vengriya mezbonlik qilayotgan «Masters» turniridagi ishtirokini yakunladi. Unda Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida g‘alaba qozonib, o‘zbek dzyudosi uchun 12 yil kutilgan oltin medalni taqdim qildi.

Musobaqani ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan To‘raboyev chempionlik yo‘lida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixael Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Paltchik (Isroil) kabi sportchilarni dog‘da qoldirdi. Shuningdek, bugun -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga To‘raboyev 1800, Bobonov 900 reyting ochkosiga ega bo‘lmoqda.

Qayd etish joiz, yilda bir bora o‘tkaziladigan «Masters» musobaqasida hamyurtlarimizdan so‘nggi bor Rishod Sobirov 2011 yil g‘alaba qozongan. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunlamoqda. Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter