«Brentford» ustozi «Manchester Yunayted» bilan o‘yindagi asosiy xatoni aytdi

Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda «Brentford» safarda «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyat mehmonlar bosh murabbiyi Kit Endryusni qattiq xafa qildi.

Mutaxassisning fikricha, uning shogirdlari ijobiy natija uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishgan.

«Juda qattiq xafaman. Umuman olganda, o‘yinimiz yomon chiqmadi, bahsning katta qismida nazorat biz tomonda bo‘ldi. Biroq raqib hujumlarni yakunlashda sovuqqonroq va shafqatsizroq harakat qildi, biz esa ularni ko‘p vaziyatlarda kechirdik», — deya Endryusning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Hozirda «Brentford» Angliya chempionati turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter