Enso Fernandes o‘zi o‘ynagan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes o‘zi birga o‘ynagan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib chiqdi.

«O‘zim birga o‘ynagan futbolchilar orasida ramziy jamoa? Messi, Kristian Romero, Palmer, Xulian Alvares va Kaysedo,» – deydi 24 yoshli xavbek Koora Break bilan suhbatda.

Enso Fernandes 2023 yil boshida «Chelsi»ga Portugaliyaning «Benfika» klubidan 121 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Biroz oldinroq futbolchi Argentina terma jamoasi safida JCH-2022 g‘olibiga aylangandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter