Fabrisio Romano: «Manchester Yunayted»ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum
«Manchester Yunayted» kelasi yilning yozida «Brayton» yarim himoyachisi Karlos Balebni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Kamerunlik uzoq vaqtdan beri «qizil iblislar» e’tiborida turibdi, ammo «chaykalar» o‘z yulduzi bilan xayrlashish niyatida emas, shuning uchun ular katta tovon puli so‘rashmoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Manchester Yunayted» Balebani 2026 yil yozi uchun ustuvor maqsad sifatida belgilagan. Futbolchining o‘zi transferga qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 21 yoshli xavbekning narxi 60 mln yevroni tashkil etadi. Istiqbolli futbolchining «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/