Slot «Liverpul»ning ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatini o‘zi uchun yangi chaqiriq deb atadi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatini yangi chaqiriq deb atadi.
Kecha mersisaydliklar APL 8-turida o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
«O‘ylashimcha, murabbiy doimiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Endi ketma-ket to‘rt marta yutqazdik – bu ham qiyinchilik. Futbol murabbiyining hayoti shunday: sinovlar ketma-ketligi,» – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi «qizillar» klubi matbuot xizmati.
«MYU»dan uchralgan mag‘lubiyat «Liverpul» uchun barcha turnirlar bilan hisoblaganda qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/