Sheshko Manchesterga yetib bordi
«Leypsig» hujumchisi Benyamin Sheshko payshanba kuni kechqurun Manchesterga uchib keldi, deb xabar bermoqda Manchester Evening News. 22 yoshli sloveniyalikning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Sloveniya terma jamoasi futbolchisining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tez orada forvard tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Sheshko 2023 yildan beri «Leypsig»da o‘ynamoqda. Transfermarkt portali hujumchining bozor narxini 70 million yevroga baholamoqda.
Sheshko 2024/25 yilgi mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/