«Bavariya» Karl bilan shartnomani uzaytiradi
Yarim himoyachi Lennart Karl «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog‘ida insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 17 yoshli iqtidor egasi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Kelasi yilning fevral oyida futbolchi 18 yoshga to‘ladi va o‘shanda «Bavariya» u bilan uzoq muddatli shartnomani qayta imzolashi mumkin bo‘ladi.
Karl klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025da «Bavariya»ning asosiy tarkibida ilk bor maydonga tushdi. U «Oklend Siti»ga qarshi o‘yinda (10:0) 45 daqiqa o‘ynadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/