«Milan» «Real»dagi sobiq futbolchisini kuzatmoqda

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Braim Dias «Milan»ga qaytishi mumkin.

«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Xabi Alonso marokashlik futbolchini asosiy tarkibda ko‘rmayapti. Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, «Milan» vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. «Rossonerilar» hozircha Dias bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazmayapti, ammo yaqin kelajakda uni o‘z safiga qo‘shib olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Braim Dias 2020-2023 yillar davomida «Milan» safida ijara asosida to‘p tepgan. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi «Real» safida 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumkor yarim himoyachining narxini 40 mln yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter